Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com

«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining tinim bilmas volontyorlari yana bir yurtdoshimizning dardiga darmon bo‘lishdi. Kecha volontyorlarimiz saxovatli xalqimiz ehson qilgan 35 ming AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni jigar sirrozi kasaliga chalingan, uzoq vaqtdan buyon bu dard bilan kurashib kelayotgan Umidaxon Abdurahimovaga topshirdilar. Endi yurtdoshimizni muhim jarrohlik amaliyoti kutib turibdi. Yaratganning fazlu karami bilan Umidaxon darddan forig‘ bo‘ladi, inshaalloh!   Mazkur xayriya aktsiyasiga kimki hissa qo‘shgan bo‘lsa, barchasini Alloh o‘zi siylasin! Ulkan ajr-savoblar bilan mukofotlasin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi va Malayziyaning Al Buxoriy xalqaro universiteti hamkorligida bir guruh yoshlar Malayziyada ta’lim oladigan bo‘lishdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 14 fevraldagi mamlakatimiz yoshlari bilan muloqotida kambag‘allikni qisqartirishning eng samarali yechimi ta’lim ekani, bilimga chanqoq, lekin oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan yoshlarni xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi, kam ta’minlangan oilalarda hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratilishi haqida alohida ta’kidlangan edi. Ana shu ezgu taklifning ijrosi sifatida O‘zbekiston...

To'lov tizimlari orqali ehson

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz