- Fuqarolarning diniy, maʼnaviy va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlash, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash;
- Masjidlar va diniy taʼlim muassasalarining binolarini qurish, taʼmirlash, rekonstruktsiya qilish, obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
- Tarixiy-meʼmoriy ahamiyatga ega ziyoratgohlarni saqlash, taʼmirlash, obodonlashtirish, ularning infratuzilmasini yanada rivojlantirish;
- Diniy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish, ularning professor-oʼqituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va oʼquvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash;
- Masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini, xususan imom-xatiblar, imom noiblari, mutavallilar, muazzinlarni moddiy va ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash;
- Islom ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʼshgan buyuk ajdodlarimiz, zamonamizning yetuk olim va ulamolari qalamiga mansub diniy-maʼrifiy asarlarni chop etish va aholiga yetkazishga koʼmaklashish;
- Yurtimizdagi muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarning musulmon dunyosidagi nufuzini yanada oshirish, bu maskanlarga mahalliy va xorijiy fuqarolarning ziyoratlarini uyushtirish, ziyoratchilar uchun zarur sharoitlar yaratish;
- Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va maʼnaviy qoʼllab-quvvatlash;