Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
RAMAZON OYI MUNOSABATI BILAN JOYLARDA XAYRIYA TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

Mehr va muruvvatga toʻla boʻlgan Ramazon oyida ehtiyojmand, kam taʼminlangan oilalarga koʻrsatilayotgan xayr-saxovat tadbirlarining salmogʻi ham oshib bormoqda. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondining Fargʻona viloyati filiali tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlar fikrimiz tasdigʻidir. Yaqinda tashkil etilgan xayriya tadbirlaridan viloyatning turli shahar va tumanlarida yashovchi 300 nafardan ziyod ijtimoiy himoya va moddiy yordamga muhtoj oilalar bahramand boʻlishdi. Ularga muruvvatli xalqimiz bergan oziq-ovqat jamlanmalari, kiyim-kechak, kitoblar va naqd pul mablagʻlari xayriya qilindi. Saxovat ishlarida tunu kun tinim bilmagan filialning shijoatli xodimlari va volontyorlaridan hamda himmatli homiylarimizdan Alloh rozi boʻlsin!

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali ehson

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz