Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
ELCHI IKKI TOMONLAMA HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH NIYATIDA EKANLIGINI BILDIRDI

“Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Saudiya Arabistonining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Saʼd ibn Nosir Abu Haymad bilan uchrashdi. Saudiya Arabistonining mamlakatimizdagi elchixonasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda konsullik boʻlimi rahbari Sattam al-Utaybiy va “Vaqf” xayriya jamoat fondi xalqaro aloqalarni rivojlantirish menejeri M.Qosimov ham ishtirok etdi. Dastlab, J. Salamov Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi haqida qisqacha toʻxtalib, tashkil etilganidan to hozirgi kungacha qilingan ishlar, xalqaro aloqalar yuzasidan maʼlumot berib oʻtdi. Elchi janoblari uchrashuv davomida “Vaqf” xayriya jamoat fondi haqida yanada batafsil maʼlumotga ega boʻlganini aytib oʻtib, kelajakda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, xayriya loyihalarini koʻpaytirish niyatida ekanligini bildirdi. Uchrashuv soʻnggida “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruvi rahbari J.Salamov qabul uchun elchi janoblariga minnatdorlik bildirib, esdalik sovgʻasini topshirdi.

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali ehson

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz