Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
IFTORLIK DASTURXONI ATROFIDA XAYRLI DUOLAR QILINDI

Prezidentimiz tashabbusi bilan «Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi» degan ezgu g‘oya asosida yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan xayr-saxovat tadbirlari davomida ko‘ngli o‘ksik kishilar, bemorlar, keksalar, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinayotgani chinakam mehr-muruvvatning, ahillikning ifodasi bo‘lyapti, desak yangilishmagan bo‘lamiz.

Kecha O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent viloyati vakilligi, «Vaqf» xayriya jamoat fondining Toshkent viloyati filiali tomonidan ana shunday tadbir tashkil etildi. Toshkent viloyati bosh imom-xatibi D. Ikromov, filial rahbari M. Sultonov, hamda Sadr ota jome masjidi imom-xatibi F. Izzatillaevlar tumanning «Gulbog‘» mahalla fuqarolar yig‘ini hududi Chorbog‘ ko‘chasida yashovchi ehtiyojmand oila holidan xabar olib, xonadon ahllari bilan birga iftorlik qilishdi.
Iftorlik dasturxoni atrofida go‘zal suhbat uyushtirilib, xayrli duolar qilindi.

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali ehson

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz