Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
SHUKUHLI KUNLARDAGI XAYRLI AMALLAR

Shu kunlarda Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizning barcha hududida “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu g‘oya asosida keng ko‘lamli xayriya tadbirlari va iftorlik marosimlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday ezgu anʻana doirasida Samarqand viloyatida ham xayriya tadbirlari keng ko‘lamda tashkil etilmoqda.  Xususan, “Vaqf” xayriya jamoat fondining Samarqand viloyati filiali tasarrufidagi “Chor Chinor” va Shayx Xudoydodi Vali ziyoratgohlari rahbarlari homiylar ko‘magida Urgut va Jomboy tumanlarida yashovchi boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj 44 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari berishdi. Ana shunday xayrli amal “Shohi Zinda” hamda “Xo‘ja Abdu Darun” ziyoratgohlari rahbarlari tomonidan ham tashkil etilib, Samarqand shahrida yashovchi kam taʻminlangan 2 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilindi.  Bundan tashqari, filial tomonidan Samarqand shahrida yashovchi, oilaviy sharoiti og‘ir, Prezidentimiz farmoniga ko‘ra jazo o‘tashdan afv etilgan bir nafar shaxsning uy-joyi to‘liq taʻmirlanib, jihozlab berildi.

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali ehson

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz