Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
TA’LIM VA SOG‘LIQNI SAQLASH YO‘NALISHIDA HAMKORLIK

Turkiya Respublikasida sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan Janna Group hamda Hasan Kalyoncu Universitesi O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi bilan yaqin hamkorlikni o‘rnatmoqda. Yaqinda mazkur kompaniyalar vakillari Hasan O‘zkarajalar va Ehsan Kalyonji «Vaqf» xayriya jamoat fondiga tashrif buyurdi. Ularni fond boshqaruvi rahbari Jahongir Salamov kutib oldi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida kasbga yo‘naltirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish, kam ta’minlangan oilalar farzandlarini grant asosida Hasan Kalyoncu Universitesi ta’lim muassasasiga jalb qilish, shuningdek tibbiyot yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni uzviy yo‘lga qo‘yish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali ehson

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz