Statistika
Jami 0
Kategoriyalar
Kundalik tendentsiya
  • +998 95 195-16-10
  • info@vaqf.uz
  • vaqfuzbekistan@gmail.com
“VAQF” FONDI VAKILLARI MALAYZIYA ELCHISI BILAN UCHRASHDI

Malayziyaning O‘zbekistondagi elchixonasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Favqulodda va muxtor elchi Ilham Tuah bin Illias “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Jahongir Salamovni qabul qilib, hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi. Uchrashuvda “Vaqf” fondi vakillari vaqf va xayriya ishlari bo‘yicha ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xodimlar malakasini oshirish, o‘zaro tajriba almashish taklifini berdi. Elchi janoblari Malayziyadagi 14 provinsiyaning har birida mustaqil vaqf tashkiloti mavjudligini bildirib, mazkur tashkilotlar bilan “Vaqf” xayriya jamoat fondini bog‘lashda, ular bilan hamkorlik o‘rnatishda vositachi bo‘lishga tayyor ekanlgini ta’kidladi. Shuningdek, uchrashuv davomida halol standartlari, ta’lim, infratuzilmani yaxshilash, zamonaviy dehqonchilik, kam ta’minlangan oila farzandlarini Malayziyaning bir qator oliy o‘quv yurtlariga grant asosida o‘qitish kabi masalalar ham muhokama qilindi. Ikki tomon ham bu masalalarda hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi. Mazmunli kechgan uchrashuv so‘nggida J.Salamov Malayziya elchisiga minnatdorlik bildirdi. Uchrashuvda elchi maslahatchisi Arhan Shah Anuar, “Vaqf” xayriya jamoat fondi xalqaro aloqalarni rivojlantirish menejeri M.Qosimov va xalqaro aloqalarni rivojlantirish mutaxassisi M. Mirzaahmedov ishtirok etdi.

Tegishli Xabarlar

To'lov tizimlari orqali ehson

To`lov tizimini tanlang

Tanlangandan so'ng, siz pul o'tkazmasini yakunlash uchun bank veb-saytiga yo'naltirilasiz