Xayriya tafsilotlari
Musofirdagi yurtdoshim
- Sizning xayriyangiz 50,000 so'm
- Jami 50,000 so'm
Begona yurtda yolg'izlatmaymiz! Musofirlikda sinovga duch kelgan hamyurtlarimizga ko'mak.
Musofirlikning noni qattiq deydilar, o'zga yurtda muammoga duch kelish esa ikki hissa og'irdir.
"Musofir bo'lmagan bilmaydi..." Bu so'zning zamirida qanchalar dard va sog'inch yashiringan. Oila tebratish uchun o'zini o'tga-cho'qqa urib ishlayotgan hamyurtlarimizning matonati tahsinga loyiq.
Ammo taqdir charxpalagi aylanib, musofir yurtda to'shakka mixlanib qolish, mehnatga layoqatsiz bo'lib qolish – bu chinakam fojiadir. O'z uyida devorlar ham madadkor bo'ladi, lekin begona joyda kasallik va chorasizlik insonni ruhan sindirib qo'yadi.
Bugun qanchadan-qancha hamyurtlarimiz shifoxona xarajatlarini to'lay olmay, yoki oddiygina yashash uchun mablag'siz qolib, Vatanga qaytish orzusi bilan kun sanamoqdalar. Ularning ko'zlaridagi mungni ko'rish juda og'ir.
Ushbu hayriya loyihasi aynan shunday og'ir vaziyatga tushib qolgan musofirlarimizga yordam qo'lini cho'zish uchun tashkil etildi.
Sizning bugungi yordamingiz – kimningdir sog'ayib ketishiga, kimningdir issiq ovqat yeyishiga, kimningdir esa oylar davomida ko'rmagan ota-onasi va farzandlari bag'riga qaytishiga sabab bo'ladi.
Ularning dardi – bizning dardimiz. Keling, befarq bo'lmaylik. Saxovatingizni ayamang!
Izohlar topilmadi
Login To Leave a Comment
Izohlar (0)